Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASI XODIMLARIGA BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-06 16:53:08    198

PDF yuklash
Chop etish


Tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga bayram tadbiri tashkil etildi

8 mart – onajonlar bayrami munosabati bilan joylarda turli tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tumanning Soybozor massivida tashkil etilgan bayram tadbiriga taklif etilgan tuman obodonlashtirish boshqarmasida faoliyat yuritayotgan mo’nis opa-singillarimizga hurmat-ehtirom ko’rsatilib, ularning har biriga bayram sovg’alari taqdim etildi. Asosiysi, e'tibor, shunday emasmi?

Aslida ushbu opaxonlarning mehnati oldida ta'zim qilsang arziydi. Ushbu satrlar muallifi ham qishning qahratoni va yozning chillasida mana shu opaxonlar mehnatiga har doim guvoh bo’lgan. Buni haqiqiy halol mehnat deb atashdan charchamaymiz!

Soybozor massivida tashkil etilgan tadbirda mahallalar hotin-qizlar faollari va So’x tumani IIB JXX HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Shodmonova tomonidan soha vakillariga bayram sovg’alari topshirildi. E'tibordan mamnun bo’lgan opaxonlarimiz tashabbuskorlarga minnatdorchilik izhor etdilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram