Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BLOGER TASHABBUSI VA SA'Y-HARAKATI TUFAYLI NAVOBODLIK TUMANDOSHIMIZ JARROHLIK UCHUN HINDISTONGA JO’NATILDI

×

 2024-03-06 16:51:24    212

PDF yuklash
Chop etish


Bloger tashabbusi va sa'y-harakati tufayli navobodlik tumandoshimiz jarrohlik uchun Hindistonga jo’natildi

Navobod mahallasida yashovchi Gulnamoxon Qurbonova favqulodda yuza bergan voqea tufayli 2008 yildan beri bemorlik yostig’ida. Saxovatpesha insonlar bor bo’lsin – qilingan sa'y-harakat va berilgan beg’araz moddiy yordam tufayli bugun singlimizni butun mahalla va tuman hokimi Hindistonga kuzatib qo’yishdi. Eng asosiysi, ushbu dardga davo bor ekan.

Insonlarni saxovat yo’liga yo’naltirish, yaxshilik qilishga undash eng xayrli va savobli ish albatta. Ushbu singlimizga o’zimizing – So’xning farzandi, mahalliy blogerimiz Farhodjon Mahmudjonovning sa'y-harakati va tashabbusi bilan saxovatpesha insonlardan amaliy va moddiy ko’mak ko’rsatildi. Aslida, insonning yomoni bo’lmaydi – hamma ham yaxshilik qilishga doimo harakat qiladi.

Ezgulikni shior qilib yaxshilik yo’lida kamarbasta insonga albatta, ezgulik mukofotdir. Gulnamoxon singlimizga sihat-salomat, o’z oyog’i bilan yaqinlari bag’riga qaytib kelish nasib etsin! Farhodjondek shijoatli yoshlarimizga har doim muvaffaqiyat va omad yor bo’lsin! Yaxshilik va yaxshi insonlar, qo’li ochiq saxovatpesha odamlar bor bo’lsin hardoim!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram