Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHARQOBODLIKLAR ISHTIROKIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA UNI OLDINI OLISHGA DOIR UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-06 16:50:05    278

PDF yuklash
Chop etish


Sharqobodliklar ishtirokida jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olishga doir uchrashuv tashkil etildi

Bugun Sharqobod mahalla fuqarolar yig’inidagi 23-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida hududlarda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish masalasida mahalla ahli bilan uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqt tarzida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Saydmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar ishtirok etishdi.

Mahalla ahli, nuroniylar, yoshlar va korxona-tashkilot, muassasalar rahbarlari va mutasaddilari qatnashgan mazkur tadbirda 3-sektor hududi, ayniqsa, mazkur mahallada ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, jinoyatchilikning ko’rsatgichi va uning dinamikasi muhokama etildi. Bu haqda tuman sektorlari rahbarlari tadbir ishtirokchilariga ma'lumotlar yetkazdilar.

Tadbir jarayonida mahallada qilingan qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari ham sarhisob qilindi. Turli masalalarda murojaat etgan fuqarolarga munosabat bildirildi.

Aytish lozimki, mazkur mahalla hududida ham davlatimiz rahbari e'tibori asosida va qabul qilingan dasturlar orqali keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ushbu ezgu ish va amallar bu yili ham davom ettirilishi tadbir davomida alohida ta'kidlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram