Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDA “YASHIL MAKON” UMUMIMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA TUT PLANTATSIYASI TASHKIL ETILADI

×

 2024-03-06 16:48:13    297

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya massivida “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida tut plantatsiyasi tashkil etiladi

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum bo’ronlarining atrof-muhitga zararli ta'sirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo’nalishda “Yashil makon” umumimiliy loyihasi doirasida amaliy ishlar qilinayotir.

Qal'acha mahallasining Javpaya massivida tashkil etilgan amalyi seminar ham mazkur dolzarb mavzuga bag’ishlandi. So’x tuman hokimligi va tumandagi korxona tashkilotlar bilan birgalikda “Yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mazkur loyiha asosida So’x tumanida olib borilgan va olib borishi rejalashtirilgan ishlar xususida ma'lumot berdi. 2024 yilning bahorgi mavsumida So’x tumanida mazkur loyiha doirasida 255 000 ming to’p ko’chat ekish rejalashtirilgan.

Aytish lozim, ayni kunlarda xududlarimizning ko’rkam va ozodaligi uchun daraxt ekish hamda obodonlashtirish ishlari qizg’in pallaga kirmoqda. Tadbirda asosan qishloq xo’jaligi vakillari ishtirok etdi.

Har bir tuman hokimi o’rinbosari va tashkilot-muassasalar rahbarlari ham ezgu niyatlar bilan ko’chat o’tqazishdi. Javpaya massivida tut plantatsiyasi tashkil etiladi va olib kelingan 5 000 to’p ko’chatning asosiy qismi ekildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram