Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMIDA TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-04 16:54:07    421

PDF yuklash
Chop etish


Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limida tadbir tashkil etildi

Bugun Respublikamizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil qilingan kunga 28 yil to’ldi. Tuman favqulodda vaziyatlar bo’limida mazkur sanaga bag’ishlab tantanali tadbir tashkil etildi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan mazkur tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etishdi. So’z olganlar mazkur soha vakillarining har bir vaziyatda eng muhim bo’lgan – insonlar hayotini himoyalash va saqlashda doimo tayyor va shay turishlarini ta'kidlab, tumandagi turli favqulodda vaziyatlarda soha xodimlarining xizmatlarini e'tirof etdilar.

Tadbirda tizimda faol bo’lgan va namuna ko’rsatgan soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Bir guruh soha fidokorlariga tuman hokimligi tashakkurnomalari va esdalik sovg’alari taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram