Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLA YETTILIGI” UCHUN SEMINAR-TRENINGGA SO’X TUMANIDA START BERILDI

×

 2024-03-01 15:33:31    655

PDF yuklash
Chop etish


“Mahalla yettiligi” uchun seminar-treningga So’x tumanida start berildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024 yil 19 yanvar kungi RT23824015-sonli topshiriq xatiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo’g’in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O’zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yulga qo’yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati hamda ularda belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish bo’yicha joriy yilning 29 yanvar kunidan boshlab “mahalla yettiligi” uchun o’quv seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazilishi belgilangan.

Ayni damda tuman madaniyat markazining majlislar zalida Farg’ona viloyatidan kelgan mutaxassislar tomonidan mashg’ulotlar o’tkazilmoqda. Seminar-treningda tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig’inlari yettiligi qatnashmoqda.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram