Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATANPARVARLIK SHIORI OSTIDA YURISH MARAFONI O’TKAZILDI

×

 2024-03-01 15:27:15    379

PDF yuklash
Chop etish


Vatanparvarlik shiori ostida yurish marafoni o’tkazildi

Tumanimizda sportni rivojlantirish va unga ko’proq yoshlarni jalb etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotir. Tashkil etilayotgan turli tadbirlar ham sohani rivojlantirishga qartilgan.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan yurish marafonida turli yoshdagi fuqarolar, ta'xbir joyiz bo’lsa, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan fuqarolar ishtirok etdilar. “Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o’tkazilgan ushbu marafon tumanimizning Sharqobod mahallasidagi ko’prikdan start oldi.

Tumandagi “So’x” savdo kompleksi hududida finishga chiqgan sportchilar ishtirokida ertalbki badantarbiya mashqlari o’tkazildi. – Ushbu tadbirlar har bir fuqaro, ayniqsa, davlat xizmatchisi uchun butun kun davomida kuch va g’ayrat manbai hisoblanadi va biz bu an'anani har doim davom ettiramiz,- deydi tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram