Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

22-SONLI UMUMIY O’RTA TA'LIM MAKTABI IQTIDORLI O’QUVCHILARI YANA BIR KARRA “XORIJIY TILLARNI O’QITISH BO’YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVI G’OLIBI!

×

 2024-02-28 15:53:02    388

PDF yuklash
Chop etish


22-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi iqtidorli o’quvchilari yana bir karra “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g’olibi!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil, 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o’quvchilar o’rtasida fan olimpiadalarini o’tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to’g’risida” 562-sonli qarori va ushbu qaror asosida tasdiqlangan Nizomga asosan, Respublikamiz hududida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrinini qo’lga kiritish maqsadida 4-bosqichli olimpiadalar o’tkaziladi.


Xabaringiz bor, So’x tumanida ushbu tanlovning navbatdagi bosqichi tumanimizning 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida o’tkazildi. Mazkur tanlovda tuman maktablaridan 133 nafar iqtidorli o’quvchilar qatnashdi.

 

Mazkur tanlovda doimiy g’oliblikni qo’lga kiritib kelayotgan 22-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining iqtidorli o’quvchilari bu yilgi tanlovda ham fa'ol ishtirok etib, tumanda tengsiz deb topilishdi va birinchi o’rin uchun beriladigan sovrin jamg’armasi 100 million so’mlik sertifikatni qo’lga kiritishdi.

 

Bugun ushbu ta'lim dargohida tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tanlov ishtirokchilarini samimiy tabriklab, ularga qimmatbaho sovg’alar bilan 100 million so’mlik sertifikatni taqdim etdi.   

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram