Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAZRATI ALI MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI TAJRIBASI: MAHALLADA SOG’LOM MUHIT YARATILSA, MUAMMO VA KAMCHILIKLAR O’Z-O’ZIDAN BARTARAF ETILADI

×

 2024-02-27 15:55:12    289

PDF yuklash
Chop etish


Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini tajribasi: mahallada sog’lom muhit yaratilsa, muammo va kamchiliklar o’z-o’zidan bartaraf etiladi

Jinoyatchilikka qarshi kurash va uni jilovlashga bag’ishlangan navbatdagi ochiq muloqot tumanimizdagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib bo’tdi. Mahalla idorasining majlislar zalida bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etishdi.

Hazrati Ali mahallasi fuqarolari ham ishtirok etgan mazkur uchrashuvda 2023 yilda tuman va mahalla miqyosida yuzaga kelgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holati tahlil va muhokama etildi. Tuman hokimi bu bo’yicha tadbir ishtirokchilariga statistik ma'lumotlar yetkazdi.

Tuman prokurori ham bu bo’yicha o’z fikrlarini bayon etib, mahallada tuman ko’rsatgichidan past bo’lgan jinoyatchilik qayd etilgani va sektor rahbari sifatida bu yil mahallani “Yashil hudud”ga olib chiqish imkoniyatlari kengligini ta'kidladi. Mahalla raisi va mutasaddilar boshchiligida mahallada keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi qayd etildi.

Tadbir jarayonida fuqarolar o’z muammolari xususida tuman hokimi va sektor rahbariga murojaat etdildar. Murojaatlar asosini ichimlik suvi ta'minoti muammolari, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar, ichki yo’llarni ta'mirlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda moddiy ko’maklashish kabi masalalar tashkil etdi.

Murojaatlarga nisbatan asosli tushuntirishlar berildi. Tuman hokimi mahallada qurilayotgan jome masjidi qurilishida kamarbasta bo’lib ishlash va mahalla obodonchiligida umumxalq hashari tashkil etish kabi taklif bildirdi va ushbu ezgu taklif yakdillik bilan qabul qilindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram