TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA TASHKIL ETILGAN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI KO’TARINKI RUHDA O’TDI
2024-02-26 15:29:06 384
Tuman davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri ko’tarinki ruhda o’tdi
Bugun aholiga sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida hududlarda tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlarida keng qamrovli ishlar olib borilyapti. Targ’ibot va tashviqot ishlari orqali mazkur tizimning fa'oliyatidan asosan yoshlar kerakli ma'lumotlar olishayotir.
So’x tuman adliya bo’limiga qarashli davlat xizmatlari markazida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda tumanning kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlarga fuqarolarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, markazda mavjud zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, navbat berish qurilmasi, o’z o’ziga xizmat ko’rsatish burchagi, keksalar va nogironlar uchun tashkil etilgan ijtimoiy xizmat darchasi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi va yoshlar operatorlarning fuqarolarga xizmat ko’rsatish jarayonlarida bevosita ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga my.gov.uz tizimi haqida ma'lumot berilib, uning ishlatilishi bo’yicha kerlakli tavsiyalar berildi va davlat xizmatlari to’g’risida hamda ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha rangli bukletlar tarqatildi. Tadbirda ishtirok etgan yoshi ulug’ nuroniylar ham markaz fa'oliyati bilan tanishib, yaratib berilgan sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor etdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram