Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDAGI ASOSIY VAZIFALAR MAHALLA YETTILIGI ZIMMASIDADIR

×

 2024-02-26 15:27:17    374

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada jinoyatchilikni oldini olishdagi asosiy vazifalar mahalla yettiligi zimmasidadir

Ayni kunda 2-sektor hududidagi mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurash mavzusida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib o’tkazilmoqda. Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inidagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan navbatdagi tadbirda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar qatnashgan mazkur tadbirda 2023 yil yakunlari muhokama va tahlil etildi. Mavzuga oid so’z olgan tuman hokimi va tuman sektorlari rahbarlari bu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini izhor etishdi.

Shuningdek, tadbirda tuman hokimi o’rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi va turli mavzularda fuqarolardan qilingan murojaatlarga nisbatan munosabat bildirishdi. Tadbirdan ma'lum bo’ldiki, mahalla ahlini qiynayotgan muammo va kamchiliklar talaygina, biroq, ushbu muammo va kamchiliklarni birgalikda hal etish va bartaraf etish qiyin emas.

Ichki yo’llarni ta'mirlash, elektr energiyasiga bog’liq muammolarni hal etish, tabiiy gaz ta'minotidagi kamchiliklarga barham berish, ichimlik suvi ta'minoti, mahalla tozaligi va obodligi, tibbiyot masalalaridagi muammolar va qiyinchiliklar, tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan bildirilgan barcha murojaatlarga asosli munosabat bildirildi. 2023 yil yakuni bo’yicha mahallada jinoyatchilik sodir etilmagan va ushbu ruhiyatda ishlarni davom ettirishga doir kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida tuman hokimi yuqori sinf o’quvchilari bilan uchrashdi va ularning bilim darajasini sinovdan o’tkazdi. Eslatib o’tamiz, mazkur maktabda Yaponiyaning o’qitish metodikasini tajriba-sinov tariqasida joriy qilish belgilab olingan bo’lib, kuni kecha maktabga bu bo’yicha yangi va zamonaviy o’quv qurollari olib kelindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram