Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 174 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOHIBKORDA BAHOR NAFASI!

×

 2024-02-26 15:25:20    191

PDF yuklash
Chop etish


Sohibkorda bahor nafasi!

Qishning oxirgi kunlari ayniqsa, bizning tumanimizda seryog’in, qorli bo’lgani barchani birdek quvontirdi. Bu faslning o’tgan ikki oyida kuzatilmagan qor fevral oyining oxirgi kunlarida qish haligacha o’z hukmida ekanligini tasdiqladi.

Biroq, tumanimizning 1-sektori hududidagi fuqarolarimizni bahorgi kayfiyat allaqachon qamrab olgan. Tul, Sohibkor, Qal'acha va G’aznov mahallalari aholisi xashar orqali hududlardagi ariqlarni tozalashgan bo’lishsa, ushbu hudud onaxonlari bahorning birinchi taomi – sumalak pishirishga bel bog’lashdi.

Bugun Sohibkor mahallasida istiqomat qiladigan bir guruh onaxonlar mahalla guzariga doshqozonlar solib, sumalak pishirishga astoydil kirishishdi va sohibkorlik onaxonlar mehmoni bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman hokimi birinchi o’rinborsari Ilhomjon Tojiboyevlar onaxonlar ularga ko’mak berib, duolarini olishga muvaffaq bo’lishdi. Aslida bahor ushbu hududga tuman markaziga nisbatan ancha avval kirib keladi va ushbu yumushlar halqimizning bahorgi kayfiyatidan nishona ekanligidan dalolatdir.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram