FUQARO MUHOFAZASI TUZILMALARI MAXSUS-TAKTIK O’QUV MASHQI O’TKAZILDI
2024-02-24 16:02:35 527
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi
Farg’ona viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2024-yil 25-yanvardagi 1- sonli buyrug’iga asosan So’x tumani tibbiyot birlashmasida “Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda ularning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ob'ekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tuman FVDT kiruvchi FM xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevlar ishtirok etdi. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi va ichki ishlar bo’limi boshlig’i mazkur mashqlarning aynan tuman markaziy shifoxonasida o’tkazilishi o’z dolzarbligi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etdilar.
So’x tumani FVB bo’linma boshlig’i leytenant Faxridin Saidov ham tadbir qatnashchilariga mazkur taktik o’quv mashqlaridan ko’zlangan asosiy maqsadlar haqida kerakli ma'lumot berdi. Yong’inga qarshi kurashish asbob va dastgohlaridan foydalanish usullari amaliy mashqlar orqali namoyish etildi.
Maxsus-taktik o’quv mashqi jarayonida:
- Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining maxsus kiyimlar, himoya vositalari hamda asbob-anjomlar bilan ta'minlanganligi yuzasidan saf ko’rigi o’tkazildi;
- Tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan 6 nafardan iborat muhofazasi shtabi faoliyati ko’zdan kechirildi;
- Tibbiyot birlashmasi dispetcherlik xizmatining shartli ravishda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda ob'ekt rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda tuman FVDT kiruvchi FM xizmatlariga xabar berish bo’yicha harakatlari ko’rib chiqildi;
- Tuman tibbiyot birlashmasi qabul diagnostika bo’limida kuchli zilzila natijasida sodir bo’lgan yong’inni bartaraf etish, vayronalar ostida qolgan ishchilarni qutqarish hamda xavfsiz hududda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish harakatlari amalga oshirildi;
- Tibbiyot birlashmasining qabul diagnostika bo’limida kuchli zilzila natijasida yuzaga kelgan konstruksiyalar ostida qolgan fuqarolar va bemorlarni qutqarish hamda xavfsiz hududda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish harakatlari amalga oshirildi;
- Tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan sanitar drujina tomonidan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va davolash bo’linmalarga jo’natish harakatlari amalga oshirildi;
- Shartli ravishda favqulodda vaziyat sodir bo’lganda ob'ekt ishchi-xizmatchilarini xavfsiz hududga ko’chirish harakatlari amalga oshirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram