“TURMUSH” PROFILAKTIK TADBIRLARI OYLIGINING ASOSIY MAQSADI OILA MUSTAHKAMLIGIGA YO’NALTIRILGAN
2024-02-24 16:00:01 496
“Turmush” profilaktik tadbirlari oyligining asosiy maqsadi oila mustahkamligiga yo’naltirilgan
Oila muqaddas dargoh va ushbu muborak maskanni har dom pok saqlashga va unda umrguzaronlik qilayotgan har bir shaxsni baxt sari yetaklashga harakat qilish lozim. Chunki oila davlat, mamlakat asosi hisoblanadi va bu qo’rg’on har doim mustahkam bo’lishi kerak.
Respublika hududida 01.02.2024 yil kunidan 29.02.2024 yil kuniga qadar keng qamrovli “TURMUSh” profilaktik tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan. Oylik davomida mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida o’rganish ishlari olib borilishi ko’rsatib o’tilgan.
Har bir mahalla fuqarolar yig’inlarda xizmat olib boruvchi profilaktika (katta) inspektorlari zimmalariga tegishli vazifalar yuklatilgan. Hududlarida xonadondagi kelishmovchiliklar, ayniqsa rashk, mol-mulk talashish bilan bog’liq masalalar to’g’risida olingan xabarlar hamda fuqarolarning ariza, shikoyat va murojaatlariga alohida e'tibor qaratib, ularning ijobiy hal etilishini, oila-turmush munosabatlari doirasida nizolashib kelayotgan, spirtli ichimliklar iste'mol qiluvchi shaxslarning ro’yxatlari qaytadan to’liq shakllantirilib, ushbu oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy, tarbiyaviy muhit mahalla fuqarolar yig’inlari, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va mahalla faollari bilan hamkorlikda chuqur o’rganilib, ularga huquqiy-tibbiy-psixologik va ijtimoiy yordamlar ko’rsatish, ishsizlarni ishga joylashtirish choralari ko’rilishini ta'minlashi lozimligi mazkur oylikning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
So’x tumani IIB JXX XPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Shahnoza Shodmonovaning ma'lumotiga ko’ra, hududlarda bu bo’yicha mahalla yettiligi hamkorligida profilaktik va targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Bu bo’yicha mahallalarda sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga doir ishlar aynan mustahkam hamkorlikda olib borilishi qayd etilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram