Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 155 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI MUROJAATI TUMAN HOKIMI VA MUTASADDILAR TOMONIDAN MANZILLI O’RGANILDI

×

 2024-02-24 15:58:47    410

PDF yuklash
Chop etish


Aholi murojaati tuman hokimi va mutasaddilar tomonidan manzilli o’rganildi

Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevlar ishtirokida tumanimizning Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida aholidan tushgan murojaatlar yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi. Tuman “Ermulkkadastr” bo’limi vakillari, istiqlol va Navobod mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va faollari, tuman davlat avtomobil inspektsiyasi xodimlari bilan mahallada fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaat – Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududi, ayniqsa, markaziy shifoxona hududida avtomobillar tirbandligini bartaraf etish masalasi tahlil va muhokama qilindi.

Aytish lozimki, haqiqatan ham naqliyot vositalari, ayniqsa, shahar ichidagi odam tashish vositasi – taksilarning ko’pligi bois, shifoxona hududida ko’pincha tirbandlikni yuzaga keltirmoqda va bu aholining haqli e'tiroziga sabab bo’layotir. Mazkur holatni bartaraf etish va muammoni tizimli hal etish bo’yicha takliflar berildi.

Tirbandlikni oldini olishga oid mazkur hududda halqa yo’lini tashkil etish va avtomobillarni bir tomonlama harkatlanishni yo’lga qyio’shga doir takliflar berildi va ushbu takliflar barcha tomonidan ma'qullandi. Buning uchun, shifoxona atrofidagi xonadonlarni (noqonuniy o’zlashtirgan va ko’cha tomonidan hovlisiga kiritilgan yer maydonlarini) aniqlash va ularni tartibga solish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbariyatiga qat'iy ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram