HOKIM YORDAMCHISI - MAHALLA DRAYVERINI ISHGA TUSHIRUVCHI ASOSIY KUCH
2024-02-24 12:16:24 494
Hokim yordamchisi - mahalla drayverini ishga tushiruvchi asosiy kuch
Mahallalarda faoliyati yo’lga qo’yilgan hokim yordamchilarining eng asosiy vazifalari hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va albatta, kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan. Mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari davlatimiz rahbarining haqli vakili sifatida zimmalaridagi vazifalarni bajarishga astoydil intilishayotir.
Devayron mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, tadbirkorlar bilan uchrashib, suhbatlashganimizda asosiy mavzu hokim yordamchisi faoliyatiga qratildi. Tadbirkorlar fa'oliyatini ko’zdan kechirgan tuman hokimi Sayidabhrom Sayidmusayev ham hokim yordamchisi faoliyati bilan qiziqdi.
Gulxanjon Mamajonov Devayron mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi. O’rganish jarayonida biz hokim yordamchisi faoliyatiga oid ma'lumotlarni ham oldik.
Ma'lumort uchun: 2023 yilda Devayron hududida ishga joylashtirilganlar soni 131 nafarni tashkil etadi;
- mahallada 18 ta tadbirkorlik sub'ektlari tashkil qilingan;
- o’zini o’zi band qilganlar soni 50 nafar;
- 172 nafar fuqarolarga 34.5 gektar yer maydoni uzoq muddatga ijaraga ajratib berildi;
- 36 nafar fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 1 milliard so’mdan ortiq imtiyozli kredit olish uchun amaliy yordam berildi;
- 8-nafar ishsiz ayollarga o’zini o’zi band qilib oilasiga daromad keltirishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinkalari olib berildi.
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 2024 yilda ham ko’p ishlar qilinishi nazarda tutilgan. Ayni mazkur rejalarni amalga oshirishga va mahalla drayverini ishga tushirish uchun hokim yordamchisi fa'oliyatiga omadlar tilaymiz.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram