Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLADA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA VA UNING OBODONCHILIGIDA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!

×

 2024-02-21 15:47:14    437

PDF yuklash
Chop etish


Mahallada jinoyatchilikni oldini olishda va uning obodonchiligida barchamiz birdek mas'ulmiz!

 

Bugun Qal'a mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 3-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabining majlislar zalida jinoyatchilikni oldini olish tahlili va aholi muammolarini o’rganish masalasida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Sadirali Mirzokarimov, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i, 4-sektor rahbari Faridjon To’raboyevlar ishtirok etdilar.

 

Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirning avvalida tuman hokimi mahalla ahliga tumanda 2023 yil yakuni bo’yicha jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ishlar va yuzaga kelgan qonunbuzarliklar haqida ma'lumot berdi va bu haqda alohida to’xtalib o’tdi. Jinoyatchilikni oldini olishda asosan mahalla yettiligi mas'uliyati mustahkam bo’lish lozimligi alohida ta'kidlandi.

 

Tadbir davomida mahalla fuqarolari tuman hokimiga o’z muammo va kamchiliklari xususida murojaat etdilar. Aytish lozimki, mazkur mahalla ahli oldida ham dolzarb muammolar borki, ularning yechimi mutasaddilardan jiddiy mas'uliyat talab etadi.

 

Mazkur tadbirda mahalla ahli asosan dolzarb bo’lgan muammolar – mahalla obodligi, ichki ko’chalarning asfaltlanishi, elektr ta'minotidagi muammolar, ichimlik suvi ta'minotiddagi mushkulotlar, tabiiy gaz ta'minotida yuzga kelgan kamchiliklar va chiqindilarni mahalla hududidan olib ketilishi muammolari xususida murojaat etdilar. Ko’p sohalarda mahallada amaliy ishlar qilingan bo’lsada, hali muammo va kamchiliklar talaygina ekanligi ma'lum bo’ldi va bu murojaatlar jarayonida ta'kidlab o’tildi.

 

Masalalar va kamchliklar xususida murojaat etgan fuqarolarga har bir tashkilot va muassasalar mutasaddilari kerakli ma'lumotlar yetkazishdi. Muammolar yechimi va ularning bartaraf etilishi birgalikda amalga oshirlishi ham tuman hokimi tomonidan alohida qayd etildi.

 

Mahalla fuqarolar yig’ini raisi tuman hokimiga mahallaning eski qabristonini tekkislash va yangi maydon barpo etish bo’yicha murojaat etdi va ushbu yumushga tuman hokimligi tomonidan texnikalar safarbar etilishi qayd etildi. Shuningdek, mahalla hududida umumxalq hashari tashkil etish yuzasidan tuman hokimi tomonidan bildirilgan taklif bir ovozdan mahalla ahli tomonidan ma'qullandi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram