Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA BOLALAR MILLIY MARKAZI MALAKALI TIBBIYOT MUTAXASSISLARI TOMONIDAN SO’X TUMANIDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO’RIK O’TKAZILDI

×

 2024-02-21 15:44:46    452

PDF yuklash
Chop etish


Respublika bolalar milliy markazi malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan So’x tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik o’tkazildi


Aytish lozimki, So’x tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotir. Mahallalar  infratuzilmasini yaxshilash bilan bir qatorda aholi salomatligiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.

 

Tumanning Navobod mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan ko’p tarmoqli markaziy poliklinikada bugun Respublika markazidan tashrif buyurgan tibbiy mutaxassis shifokorlaridan iborat guruh tomonidan bepul tibbiy ko’rik tashkil etildi.

 

Markaziy poliklinikaga tashrif buyurgan fuqarolarimizni kardiolog, nevropatolog, okulist, lor, endokrinolog, EKG, UZI kabi tor doiradagi mutaxassislar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi.

 

Tekshiruvlar davomida aniqlangan kasalliklar bo’yicha Respublika bolalar milliy markazi va viloyat markazi tibbiy mutaxassislari aholiga zarur maslahat va tavsiyalar berishdi. Shifokorlar tomonidan sog’lom turmush targ’iboti va kasalliklar profilaktikasi bo’yicha aholining tibbiy madaniyatini oshirish mavzularida suhbat olib borildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram