Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ QABULXONASI XODIMLARINING NAVBATDAGI GURUHIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

×

 2024-02-20 17:09:41    268

PDF yuklash
Chop etish


XALQ QABULXONASI XODIMLARINING NAVBATDAGI GURUHIGA SERTIFIKATLAR TOPShIRILDI


Davlat boshqaruvi akademiyasida bu safar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Farg’ona, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari xalq qabulxonalari vakillari malaka oshirdilar.


Unda Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug’bek Muhammadiyev hamda Akademiya rektori Adxam Bekmurodov ishtirok etib, har bir murojaatni ishchanlik va izlanuvchanlik bilan ko’rib chiqishda xodimlarga akademiyada olingan bilimlar qo’l kelishini aytdilar. 


Ta'kidlandiki, Prezidentimiz tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bekam-u ko’st bajarishda barcha darajadagi xodimlarga haqiqiy bahoni xalqning o’zi beradi. Shuning uchun odamlarning dardlariga darmon bo’lish, qalbiga yo’l topish asosiy jihat va buni doimo yodda tutish zarurligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi.


Ma'lumot o’rnida: o’quvlar davomiyligi – 5 kun bo’lib, yuqorida nomi qayd etilgan hududlardan 101 nafar Xalq qabulxonalari xodimlarining malakasi oshirildi.


Malaka oshirish jarayonida So’x tumanidan men ham qatnashdim va bu galgi tassurotlar olam-olam. Ta'kidlash joyiz, malaka oshirish barobarida Respublikamizda aholi muammolarini o’rganilishi va yechilishi ham yangi bosqichga qadam qo’yadi.


Shohro’z Nishonov – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasi mudiri o’rinbosari












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram