TA'LIM MUASSASALARIDA “HUQUQNI BILISH-TARAQQIYOT KALITI” SHIORI OSTIDA HUQUQIY DARSLAR O’TKAZILMOQDA
2024-02-17 14:49:29 540
Ta'lim muassasalarida “Huquqni bilish-taraqqiyot kaliti” shiori ostida huquqiy darslar o’tkazilmoqda
Aytish lozimki, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yo’nalishida Respublikamizda arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Turli tashkilot va muassasalar ayni ushbu mavzu – yoshlar bilan ishlash bo’yicha tizimli ishlar olib borishmoqda va bu amaliyotlar ayniqsa, aniq bir tashkilot yo muassasaga biriktirilgan yoshlar bilan izchil olib borilayotir.
So’x tumani adliya bo’limi mutasaddilari zimmasiga ham ushbu mas'uliyatli vazifa yuklatilgan. Tizim xodimlari ushbu yo’nalishda manzilli ish olib borishmoqda.
Tuman maktablarida o’tkazilayotgan “Huquqni bilish-taraqqiyot kaliti” nomli huquqiy darslar ham adliya tizimi xodimlarining faol ishtirokida bo’lib o’tmoqda. Tuman davlat xizmatlari markazi direktori Muxtorjon Saidahmatovning so’zlariga ko’ra, ushbu tadbirlarning tashkil etilishida tuman adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarovning hissasi beqiyos.
Ayni ushbu shior ostida bugun yoshlarni kasbga yo’naltirish, hayotda o’z munosib o’rnini topishga motivatsiya berish hamda islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish, ma'naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanga muhabbat tuyg’ularini shakllantirish maqsadida Chumoqcha mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 8-sonli umumiy o’rta ta'lim makatabida 46-nafar o’quvchilar ishtirokida huquqiy dars o’tkazildi. O’tkazilgan dars jarayonida sovrinli viktorinalar o’tkazilib, barcha talaba yoshlar va o’quvchilarga huquqiy ma'lumotlar taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram