Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

G’AZNOVLIKLAR BIR KUNDA HASHAR ORQALI 1 KILOMETR 850 METR MASOFADAGI ARIQLARNI TOZALASHDI

×

 2024-02-16 15:46:41    435

PDF yuklash
Chop etish


G’aznovliklar bir kunda hashar orqali 1 kilometr 850 metr masofadagi ariqlarni tozalashdi

Ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ajoyib qadriyat bor – hashar. Hashar odamlarni, qalblarni birlashtiruvchi kuchga ega, chunki bu jarayonda har bir inson o’z vijdon amri bilan ishtirok etadi.

Qanchadan qancha ishlar, mushkul yumushlarni hashar orqali ijro etgan bobolarimiz va ushbu ezgu amaldan aslo qochishmagan. Hasharda ishtirok etgan inson haqiqiy mard va vatanparvar odam sanalgan.

Hali bahor kelishigacha bir oy muddat bor, biroq, tumanimizdagi mahallalarda fuqarolarimiz hashar orqali bahorga peshvoz chiqishayotir. Hashar orqali ariqlar, kanallarni tozalash So’x tumani aholisi uchun aslo begona amal emas.

G’aznov mahalla fuqarolar yig’ini raisi Qurbonali Boltayevning so’zlariga ko’ra, bugun g’aznovliklar ham mahalladan o’tgan ariqni tozalash maqsadida hasharga chiqdilar. Otaxonlar duolari, yoshlarning faol ishtiroki va berilgan ziyofat tufayli salkam 2 kilometr uzunlikdagi obi hayot yo’nalishidagi ariqlar hasharchilar tomonidan tozalandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram