Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JINOYATCHILIK VA QONUNBUZARLIKLAR DINAMIKASI TAHLILI VA MUHOKAMASI O’TKAZILDI

×

 2024-02-16 15:44:04    429

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyatchilik va qonunbuzarliklar dinamikasi tahlili va muhokamasi o’tkazildi


Jinoyatchilikni oldini olishdagi qilingan sa'y-harakatlar o’z samarasini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Ayni kunda tasdiqlangan reja asosida tuman mahallalarida o’tkazilayotgan ochiq muloqotlar ayni ushbu dolzarb mavzuga bag’ishlangan.

Istiqlol mahallasida joylashgan tuman madaniyat markazining majlislar zalida Rovon hamda Istiqlol mahallalarining fuqarolari ishtirok etdilar. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va 2-sektor rahbari, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar qatnashgan mazkur uchrashuvda hududdagi holat tahlil va muhokama etildi.

 

Uchrashuv davomida rahbarlar tomonidan bir jinoyat kelib chiqishining oldini olishda faqatgina ichki ishlar organi inspektorlari emas, balki keng jamoatchilik birgalikda, kelishilgan holda hamjihatlik va mustahkam hamkorlikda harakat qilishlari lozimligi qayd etildi. Tadbir davomida 2023 yilda 2-sektor hududida jinoyatchilik va qonunbuzarliklarning dinamikasi tahlil qilindi.

- Jinoyatni oldini olinishida mustahkam hamkorlik o’z samarasini berishi aniq, chunki har bir ish hamjihatlikda va hamkorlikda qilinadi, - dedi tuman hokimi o’z so’zlarida. Jinoyat sodir etganlarga albatta jazo muqarrar ekanligi tadbirda alohida ta'kidlandi.

Jinoyatchilik tahlili va muhokamasi bilan birgalikda aholi muammo va kamchilkilari ham o’rganildi. Barcha muammo va kamchiliklar o’rganilganligi va uning ijrosi yuzasidan “Yo’l xaritasi” tuzilganligi xususida tuman prokurori o’z fikrlarini izhor etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram