Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAVPAYA MASSIVIDA BAHORGI YUMUSHLAR BOSHLAB YUBORILDI

×

 2024-02-15 16:16:24    290

PDF yuklash
Chop etish


Javpaya massivida bahorgi yumushlar boshlab yuborildi

Ayni kunda 1-sektor hududidagi Qal'acha mahallasining Javpaya massivida bahorgi yumushlar boshlab yuborilgan. Javpaya massiviga kirib borishdagi qismiga yaratilgan yangi bog’ga bugun yangi ko’chatlar o’tqazilayotir.

Yangi bog’ tashkil etiish maqsadida tashkil etilgan hasharda tumanimizda fa'oliyat olib borayotgan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan korxona-tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etdilar. Mazkur hududga tuman hokimi tomonidan olib kelingan uzum navlari o’tqaziladi.

Javpaya kengliklarida tashkil etilgan o’rikzorlarda ham ish qizg’in. Mazkur hududda ham ekin ekish ishlariga tayyorgarlik jadal sur'atlarda olib borilayotir.

Tashkil etilgan o’rikzorlar qator oralari turli chiqindi va o’tlardan tozalanib, texnikalar yordamida shudgorlash ishlari olib borilmoqda. Soha vakillarining so’zlariga ko’ra, yaqin kunlarda ushbu bog’ oralariga dukkakli ekin ekish ishldari boshlab yuboriladi va zaruriy mahsulotlar bog’bonlarga yetkazib kelinadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram