Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUL VA SOHIBKOR MAHALLASI AHOLISI HASHAR ORQALI BAHORGA PESHVOZ CHIQDILAR

×

 2024-02-15 16:08:20    277

PDF yuklash
Chop etish


Tul va Sohibkor mahallasi aholisi hashar orqali bahorga peshvoz chiqdilar

Hashar ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan umrboqiy qadriyatlardan hisoblanadi. Ushbu yumush orqali qanchadan-qancha manzillar obod qilingan, ijrosi mushkul bo’lgan ishlar osongina bajarilgan.

Qish fasli bo’lishiga qaramasdan bugun tumanimiz ahli quyoshli kunlardan samarali foydalangan holda bahorga yakdillik bilan peshvoz chiqishayotir. Tumanimizning 1-sektori hududidagi mahallalarda bugun ish qizg’in.

Tul va Sohibkor mahallalari hududidan o’tgan katta ariq bugun ushbu mahalallar aholisi birdamligida tozalanayotir. Hasharga chiqgan fuqarolarning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram