Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVLAT XIZMATLARI KO’RSATISH HAMDA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINING HUQUQLARINI VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH TIZIMI TAKOMILLASHMOQDA

×

 2024-02-15 15:16:10    140

PDF yuklash
Chop etish


“Davlat xizmatlari ko’rsatish hamda tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-905-sonli O’zbekiston Respublikasining qonuni mazmun-mohiyati

 

So’ngi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish, shuningdek arxiv ishi sohasida zarur infratuzilmani yaratish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

        Bu borada “Davlat xizmatlari ko’rsatish hamda tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 2023 yil 7 fevral kungi O’RQ-905-sonli O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan O’zbekiston Respublikasining qonunlariga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ko’rib chiqqanlik yoki davlat ro’yxatidan o’tkazganlik uchun davlat boji, yig’imlar yoki boshqa to’lovlar to’langanligi haqidagi to’lov hujjatlarining ko’chirma nusxalarini taqdim etish to’g’risidagi talab bekor qilinishini nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda. Yuridik shaxslarni Xususiy bandlik agentliklarining reestriga kiritish tartib-taomili ham soddalashtirilmoqda. “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish haqidagi arizani ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan ko’rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirilishini, “Advokatura to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga esa advokatga guvohnoma berish muddati kamaytirilishini nazarda tutuvchi o’zgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari “Davlat boji to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay'atlarini ro’yxatdan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) hamda yuridik maslahatxonalarni qayta ro’yxatdan o’tkazish funktsiyalari adliya organlaridan Davlat xizmatlari markazlariga o’tkazilishini, shuningdek ro’yxatdan o’tkazganlik uchun to’lanadigan davlat bojlari miqdorlari kamaytirilishini nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda. Bunda bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlarini, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi kooperativlarini ro’yxatdan o’tkazish (qayta ro’yxatdan o’tkazish) ham Davlat xizmatlari markazlarining zimmasiga yuklatilmoqda.

Mazkur Qonun davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini tartibga solish, ularning ro’yxatini kengaytirish hamda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun byurokratik to’siqlarni bartaraf etish, davlat xizmatlari ko’rsatganlik va murojaatlarni ko’rib chiqqanlik uchun undiriladigan to’lovlar miqdorlarini kamaytirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil devonining huquqiy maqomini qonun darajasida mustahkamlash, shuningdek nodavlat arxivlarning faoliyatini tashkil etish va tugatish tartib-taomilini soddalashtirish uchun xizmat qiladi.

 

Sh.Mirzamatov - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudyasi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram