MAHALLALARNI JINOYATCHILIKDAN XOLI HUDUDLARGA AYLANTIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ
2024-02-13 15:32:22 244
Mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududlarga aylantirish asosiy maqsadimiz
Tasdiqlangan rejaga asosan ayni kunlarda tumanimiz mahallalarida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, davra suhbatlar, ochiq muloqot va uchrashuvlar o’tkazilmoqda. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi navbatdagi tadbir 1-sektor hududidagi Lenbur mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar ishtirok etdilar. 18-sonli umumy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan mazkur tadbir mahalla ahlining faolligi bilan o’tkazildi.
Yil yakunlariga ko’ra, mazkur mahallada jinoyatchilik bo’lmagan va mazkur yo’nalishda mahalla yettiligining mustahkam hamkorligi asosiy omil bo’lib xizmat qildi. 2023 yil yakuni bo’yicha mazkur mahallaga qimmatbaho sovg’a ham taqdim etilgan.
Tadbirda so’z olganlar eng avvalo, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklarni oldini olish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni aniqlangan holda bartaraf etish, ishsizlik darajasini kamaytirish, aholi daromadini oshirish maqsadida ularning bandligini ta'minlash, yoshlar o’rtasida targ’ibot tadbirlarini ko’paytirish, fuqarolar ma'naviy ongini yuksaltirishga doir tadbirlarni muntazam o’tkazish lozimligi xususida so’z yuritdilar. Tadbirda qatnashgan mahalla aholisi ham bu bo’yicha o’z fikrlarini izhor etdilar.
Tadbirda shuningdek, aholi o’z muammolari va kamchiliklari xususida tuman sektorlari rahbarlariga murojaat etdilar. Tadbir jarayonida mahalla obodonchiligiga e'tibor berish va ushbu yo’nalishda umumxalq hashari tashkil etilishiga kelishib olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram