Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2024-02-05 16:03:13    659

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

Savol: Chorvachilik xo’jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilarga subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar haqida ma'lumot bersangiz

Javob: Subsidiya oluvchi xorijiy davlatdan nasldor qoramolni olib kelgandan so’ng tuman komissiyasiga subsidiya olish uchun ushbu Nizomning 10 — 12 bandlarida qo’yilgan talablarni hisobga olgan holda, «Agrosubsidiya» AT elektron tizimi orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkining kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkini sotib olish bo’yicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va to’lov topshiriqnomasi nusxasi;

- bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi;

- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo’y va echkilarning elektron identifikatsiya bazaga kiritilganligi.

- Subsidiya oluvchining arizasini ko’rib chiqish uchun to’lovlar undirilmaydi.

 

A. Toshpulatov - So’x tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish bosh yuriskonsulti


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram