Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 155 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUQAROLARIMIZ OVOZLARI ORQALI DOLZARB MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA

×

 2024-02-05 15:50:19    584

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarimiz ovozlari orqali dolzarb muammolar hal etilmoqda

Respublikamizda aholini qiynayotgan eng dolzarb masalalar “Openbudget”portali hal qilinishi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo’lida astoydil xizmat qilmoqda. Aytish lozimki, bizning So’x tumanimizda ham ushbu platforma orqali muammolar hal etilayotir.

2023 yilning 2-bosichida bizning mahallamizda ham aynan bir loyiha g’olib deb topilgan. Yangiariqda joylashgan joylashgan shifokor xizmat uyini ta'mirlash va quyosh paneli o’rnatish loyihasi 2 262 ta ovoz bilan g’olib deb topilgan va mazkur ishlarga 1 milliard 284 million 658 ming 848 so’m mablag’ yo’naltirish belgilangan.

Mazkur binoning ta'mirlash ishlari “Mash'al” MChJ zimmasiga yuklatilgan bo’lib, ayni kunda ta'mirlash ishlari davom etmoqda va olib borilayotgan ishlar jamoatchilik tomonidan nazoratga olingan. Albatta, bajarilajak har bir ish sifatli etib ijroga yo’naltirilishi lozim, chunki bunga davlatimiz byudjetining mablag’lari sarf etilmoqda.

Qurilish ishlari yakuniga yetgach, Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi V1-79-122-11-159-Q/23 sonli qarori bilan mazkur shifo maskani QVP yo OShPga aylantirliib, zaruriy asbob-uskunalar bilan ta'minlash masalasi hal etilish ko’rsatilgan. Ishonchimiz komilki, berilayotgan e'tibor tufayli bizning mahallamizda ham eng dolzarb muammo hal etiladi.

                Amirali Safarov - Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP deputatlik guruhi a'zosi






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram