Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 178 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA FUQAROLAR ISHTIROKIDA YETTILIK FA'OLIYATI TAHLIL QILINMOQDA

×

 2024-02-03 14:58:11    258

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalarda fuqarolar ishtirokida yettilik fa'oliyati tahlil qilinmoqda

Bugun tumanimizning 3-sektori hududida joylashgan Sharqobod mahalla fuqarolar yig’inida mazkur mahalla fuqarolari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Mazkur tadbirda O’zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo’limi vakillari ishtirokida mahalla yettiligi tomonidan olib borilgan ishlar tahlil kilindi va kelgusidagi rejalarni amalga oshirishda eng avvalo mahallada yashovchi fuqarolar manfaatini himoya etish shart va zarurligi qayd etildi.

Tadbirda O’zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo’limi rahbari Qosimjon Haydarov mazkur tizim eng avvalo xalq uchun xizmat qilishini ta'kidlab, barcha muammo vqa kamchiliklar birgalikda hal etilishini qayd etdi. Tadbirda mahallada obodonlashtirish ishlarini olib borish, tuy- hashamlarni kamxarj o’tkazish, isrofgarchilikkka yo’l qo’ymaslik, maktab, mahalla va oila hamkorligini timzili yo’lga qo’yish, mahallada f'oliyati yo’lga qo’yilgan yetttilikning asosiy vazifalari va boshqa joriy masalalar muhokama etildi.

Shuningek, tadbirda Prezidentimiz tomonidan imzolangan hujjat - «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo’g’in sifatida ishlashini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida»gi 209-sonli Farmoni va 402-sonli qarorining mazmun va mohiyati fuqarolarga tushuntirib berildi. Tadbirda ishtirok etan fuqarolar o’z savollariga mutasaddilardan javoblar oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram