Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTORLAR RAHBARLARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

×

 2024-02-02 16:45:40    229

PDF yuklash
Chop etish


Sektorlar rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi


Rovon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi yoshlarning muammo va kamchiliklarini o’rganib amaliy yordam ko’rsatish choralarini ko’rish maqsadida tumandagi 2 va 3-sektor rahbarlari boshchiligida ochiq muloqot tashkil etildi. Tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov va tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev tomonidan yoshlarga Vatanga sadoqatli bo’lish, berilayotgan e'tiborga nisbatan xayrixohlik bilan yondoshish lozimligi qayd etildi.

 

Uchrashuv davomida bugungi yoshlarning asosiy vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. Harbiy xizmatga safarbarlik holati tahlil qilindi va bu mas'uliyatli vazifa har bir yoshning majburiyati ekanligi ta'kidlandi.

Globallashuv zamonida xorijiy tillarni o’rganish va har bir nafar yoshlarda bu ishtiyoqni shakllantirish davr va zamon talabi ekanligi ham qayd etildi. “Til bilgan el biladi” deganlaridek, tadbir ishtirokchilariga yoshlarga berilayotgan e'tibor va ularni xorijiy davlatlarda ham borib ishlab kelishlari uchun qulayliklar yaratilayotgani yuzasidan asosli ma'lumotlar berildi.

Rovon mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi Tasvirjon Boboyevning ma'lumotlariga ko’ra, uchrashuv chog’ida yoshlar o’z muammolari yuzasidan sektorlar rahbarlariga murojaat etdilar. Har bir murojaat e'tiborsiz qolmasligi va albatta, qonun va imkoniyat doirasida murojaatlar ijobiy hal etilishi alohida ta'kidlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram