Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUQUQIY AKTSIYA DAVOM ETMOQDA

×

 2024-02-02 16:44:11    235

PDF yuklash
Chop etish


Huquqiy aktsiya davom etmoqda

Respublikamiz hududida Adliya vazirligi tashabbusi bilan davom etayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” shiori ostida o’tkazilayotgan huquqiy aktsiya doirasida hududlarda muammoga duch kelgan, aniq turdagi hujjatlarga ega bo’lmagan fuqarolarga amaliy ko’mak ko’rsatilmoqda. Bu bilan “Inson qadri uchun” degan tamoyil ham amalda o’zining haqiqiy isbotini topayotir.

Aytish lozimki, asosan, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjati bo’lmagan yurtdoshlarimiz bizning tumanda ham topiladi. Ayniqsa, qo’shni davlatlardan taqdir taqozosi bilan bizning tumanga kelin bo’lib tushgan, kasbiy fa'oliyatini davom ettirayotgan, biroq, fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatli bo’lmagan fuqarolar ham ham bor va buni sayyor qabullardagi murojaatlardan ham bilishimiz mumkin.

So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri Abdumannon Umriddinovning ma'lumotiga ko’ra, aktsiya doirasida Farg’ona viloyati So’x tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi va YaXMK bo’limlari vakillari ishtirokida tumanning Devayron, Lenbur mahalla fuqarolar yig’inlarida targ’ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Tushgan murojaatlar bevosita fuqarolarning xonadonlarida manzilli o’rganildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram