SO’X TUMANIDA “HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI” AKTSIYASI O’TKAZILMOQDA
2024-02-01 16:03:44 296
So’x tumanida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aktsiyasi o’tkazilmoqda
Respublikamiz miqyosida joriy yilning 20 yanvaridan 20 mart kuniga qadar Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” shiori ostida huquqiy aktsiya o’tkaziladi. Jumladan, ushbu aktsiya doirasida bizning tumanimizda ham amaldiy tadbirlar o’tkazilyapti.
Aktsiya doirasida So’x tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi YaXMK bo’limlari mutasaddilari tomonidan Sohibkor, Tul, Qalacha va G’aznov mahalla fuqarolar yig’inlarida tadbirlar tashkil etildi. Aktsiya doirasida to’g’ilishi qayd etilmagan va buning natijasida fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo’lmagan shaxslarni ruyxatini shakllantirish maqsadida mahallalar kesimida xatlov o’tkazilmoqda.
Ma'lumot uchun: huquqiy aktsiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:
Tug’ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo’lmagan shaxslar;
yaqin qarindoshining o’limi qayd etilmagan shaxslar;
tug’ilganligi yoki yaqin qarindoshining o’limi haqidagi tibbiy ma'lumotnomaga ega bo’lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo’lgan shaxslar;
tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro’yxatdan o’tkazishda yoki qayta ro’yxatdan o’tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
ko’chmas mulklarini davlat ro’yxatidan o’tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram