ZO’RAVONLIK XAVFI OSTIDA BO’LGAN VA ZO’RAVONLIKKA YCHPAGAN AYOLLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH DAVR TALABI
2024-01-31 15:24:08 300
Zo’ravonlik xavfi ostida bo’lgan va zo’ravonlikka ychpagan ayollarni qo’llab-quvvatlash davr talabi
Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash, ularning jamiyatda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Farg’ona viloyati “Mexrjon” ayollar va bolalar markazi tomonidan “Markaziy Osiyoda zo’ravonlik xavfi ostida bo’lgan va zo’ravonlikka ychpagan ayollarni qo’llab-quvvatlashda fuqarolik jamiyati salohiyatini kuchaytirish” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur loyiha Prezident va hukumat qarorlari asosida ijroga yo’naltirilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi oilada va jamiyatda zo’ravonlikga uchrayotgan xotin-qizlarga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishdir. Zo’ravonlik ko’rsatayotgan fuqarolar bilan kompleks ishlarni olib borish orqali jamiyatda ajrimlarni oldini olish va sog’lom oilalarni shakllantirishga ko’mak berishdan iborat.
Mazkur loyiha doirasida bugun tumanimizning madaniyat markazi majlislar zalida agressor (zo’avonlik ko’rsatuvchi fuqarolar) uchun seminar-trening tashkil qilinib, o’tkazildi. Seminar-treningda ishtirok etgan fuqarolarga viloyat markazidan kelgan psixolog- mutaxassislar Gavharoy Tojimatova va Dostonbek Masharipovlar tomonidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan ichki ishlar xodimlariga ham mavzu bo’yicha kerakli tavsiya va ma'lumotlar berildi. Amaliy mashqlar va harakatlar orqali o’tgan mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram