Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYANI O’RGANAMIZ

×

 2024-01-30 11:40:09    269

PDF yuklash
Chop etish


Konstitutsiyani o’rganamiz

Konstitutsiyamizning 18-moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko’p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin”, deb belgilangan.

Tinchliksevar siyosat deganda, davlatlarning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy tuzimlari va ularning rivojlanish darajasidan qat'iy nazar, erkinlik, tenglik, adolat va insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, shuningdek, davlatlar va xalqlar o’rtasida tinchlikni mustahkamlashi tushuniladi.

Mazkur moddada O’zbekistonning ittifoq tuzishi va turli tuzilmalarga kirishi faqat davlatning, xalqning manfaatlari uchun, shuningdek, farovonlik va xavfsizlik maqsadida amalga oshirilishi mustahkamlangan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram