SO’X TUMANIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLIGA KO’RSATILGAN AMALIY KO’MAKLAR KO’RSATIGCHLARI
2024-01-30 11:10:58 271
So’x tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko’rsatilgan amaliy ko’maklar ko’rsatigchlari
Aholini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha o’tgan yili “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” joriy qilinib, “Mahallabay” ishlash tizimi yo’lga qo’yildi.
Tumanda 1 972 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo’lib, ulardan 1 414 nafari ish bilan ta'minlandi.
Shundan 92-nafariga imtiyozli kreditlar, 464 nafariga Ayollar jamg’armasi tomonidan 599 million so’mlik bir martalik yordam ko’rsatildi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1 079 nafar yoshlarga ko’mak ko’rsatilib, shundan 631 nafari doimiy va mavsumiy ishga joylashtirilgan, 47 nafariga 1 milliard 200 million so’mlik imtiyozli kreditlar hamda 108 nafar yoshlarga 10 yilga 54 gektar yer maydonlari ajratib berilgan.
Shuningdek, jamg’arma hisobidan ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik yordamga muxtoj 341 nafar yoshlarga 902 million 800 ming so’mlik turli yunalishlar bo’yicha yordamlar ko’rsatildi.
Ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan 37 nafar voyaga yetmaganlarga “Mehr” daftari jamg’armasi hisobidan turli yo’nalishlarda 232 million 300 ming so’mlik yordamlar ko’rsatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram