Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BUGUN OFTOBRULIKLAR MAHALLA OBODLIGI UCHUN HASHAR TASHKIL ETDILAR

×

 2024-01-27 15:32:07    457

PDF yuklash
Chop etish


Bugun oftobruliklar mahalla obodligi uchun hashar tashkil etdilar

Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib o’tgan sayyor qabulda mahallada bugun, ya'ni shanbu kuni umumxalq hashari tashkil etish taklifi ma'qullangan edi. Mahalla raisi Avrorjon Zunnunovning so’zlariga ko’ra, bugun ushbu ezgu taklif mahalla aholisi tomonidan ham bir ovozdan ma'qullanib, mahalla ahli belni mahkam bog’lab, hasharga chiqishdi va mahalla raisininng ma'lumotiga ko’ra, bu ezgu amalga texnikalar ham jalb etildi.

Asosan yoshlar ishtirok etgan mazkur hasharda mahalla ko’chalari tozalanib, tekkislandi, mahallaga shag’al qoplamasi yotqiziladigan bo’ldi, turli chiqindilar mahalla hududidan olib tashlandi. Ma'lumotlarga ko’ra, sayyor qabulda mahallaga temir beton tayanchlari olib kelish murojaati ham bugun ijroga yo’naltirildi va mahallaga yangi temmir beton tayanchlari olib kelindi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram