Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SUG’DIYONA” SPORT MAJMUASIDA “HOKIM KUBOGI” UCHUN VOLEYBOL MUSOBAQALARINING FINAL BOSQICHI BO’LIB O’TDI

×

 2024-01-27 15:30:22    385

PDF yuklash
Chop etish


“Sug’diyona” sport majmuasida “Hokim kubogi” uchun voleybol musobaqalarining final bosqichi bo’lib o’tdi

Tumanimizning “Sug’diyona” sport majmuasida voleybol bo’yicha “Hokim kubogi” uchun tashkil etilgan musobaqalarning final bosqichi bo’lib o’tdi. Finalda Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inining “Bahriddin Shodiyev” va Tul mahallasining yoshlar jamoalari o’zaro ro’para keldilar.

Qizg’in va zavqli lahzalarga boy bo’lgan mazkur bellashuv to’liq 5 bo’lim davom etdi. Hisob to’rtinchi bo’limdan keyin 2:2 ko’rinish oldi. Hayajonli daqiqalarga boy o’tgan oxirgi bo’lim aslida kuchli jamoa nomini aniqlab berdi.

Hisob 3:2 bo’ldi va yana bir g’oliblik “Bahriddin Shodiyev” jamoasiga nasib etdi. Biroq, ushbu musobaqalar davomida voleybol ishqibozlari eng kuchli o’yinchilarni aniqlab oldilar.

Agar Tul jamoasi yosh voleybolchilariga imkoniyat berilsa, yaqin kelajakda tumanda ular tengsiz bo’lib kamol topishlari aniq. Bu so’zlarga tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev taqdimot marosimida alohida urg’u berdi.

Qirg’iziston respublikasidan ham jamoalar qatnashgan ushbu bellashuvlarda 3-o’rin Demursad va Qirg’izistonning Qadamjoy jamoalariga nasib etgan bo’lsa, ikkinchi o’rin tabiiyki, Tul mahallasining yosh va umidli voleybolchilariga nasib etdi. Musobaqalarning mutloq g’olibi “Bahriddin Shodiyev” jamoasining voleybolchilari va mazkur musobaqalarning eng faol sportchilarga tashkilotchilarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov va 1-sonli bolalar va o’smirlar sport maktabining direktori vazifasini bajaruvchi Avrorjon Domulloyevlar tomonidan taqdim etildi.

Tadbir yakunida “Bahriddin Shodiyev” jamoasi tomonidan yaqin kunlarda tuman bo’yicha voleybol musobaqalari tashkil etilishi taklifi bildirildi. Bu taklif mutasaddilar tomonidan ma'qullandi va mahallada endilikda yangi jamoa tashkil etiladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram