Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-01-27 15:28:23    444

PDF yuklash
Chop etish


Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 82-sessiyasi bo’lib o’tdi.


Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi navbatdagi sessiyada qo’yidagi masalalar muhokama etildi:


1. Tumanda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to’g’risida tuman ichki ishlar boshlig’ining hisoboti.


2. Tuman Majburiy ijro byurosi bo’limining 2023-yil davomidagi fa'oliyati to’g’risida hisoboti.

 

3. Tuman adliya bo’limining 2023-yil davomidagi fa'oliyati to’g’risidagi axboroti.

 

4. 2024-yilda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko’maklashish dasturi to’g’risida.

 

5. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yilga mo’ljallangan ish rejasini tasdiqlash to’g’risida.                                                                                  

 

Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan ma'lumot berilib, sessiya kotibi saylandi va shundan so’ng deputatlar kun tartibidagi masalalarni mahokama etishga kirishdilar.


Kun tartibiga qo’yilgan birinchi masala yuzasidan deputatlar tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyevning hisobotini eshitdilar. Qosimjon Rahimberdiyev masala xususida ishtirokchilarga to’liq ma'lumot yetkazdi.

Majburiy ijro byurosi tuman bo’limi boshlig’i Muzaffar Nurmatov sessiya ishtirokchilariga sessiya kun tartibga qo’yilgan masala yuzasidan hisobot berib, tumanda mazkur idora tomonidan o’tgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar xususida to’liq ma'lumot yetkazdi.


Sessyai kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman adliya bo’limi mutaxassisi Saidabbosxon Jalolxonov axborot berib, mazkur tizim tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida o’tgan yil yakunlariga oid ma'lumotlarni yetkazdi.

 

Deputatlar navbatdagi to’rtinchi masala yuzasidan tuman kambag’allikni qisqartirish va bandlikga ko’maklashish bo’limi boshlig’i o’rinbosari Abdulaziz Abdiyev hisobotini tinglashdi. Deputatlarga bu bo’yicha aniq ma'lumotlar yetkazildi.


Sessiya davomida So’x tuman Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev kun tartibidagi navbatdagi masala -  Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024 yilga mo’ljallangan ish rejasi haqida to’liq ma'lumot berdi. Deputatlar tomonidan mazkur ish reja  bir ovozdan tasdiqlandi.

 

Sessiya kun tartibiga qo’ilgan masalalar bo’yicha ishtirokchilar ham o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, sessiya ishiga yakun yasaldi.

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram