Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABULLAR AHOLI MUAMMOLARINI O’RGANISH VA HAL ETILISHINING OMILIDIR

×

 2024-01-27 15:26:07    400

PDF yuklash
Chop etish


Sayyor qabullar aholi muammolarini o’rganish va hal etilishining omilidir

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslaxatchisi o’rinbosari, Prezident Xalq qabulxonasi rahbari U. I. Muxammadiyevning 22.01.2024 yil kungi 16-3-122-sonli topshirig’iga asosan joylarda sektor rahbarlari tomonidan belgilangan jadval asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’rganish maqsadida sayyor qabullar o’tkazish belgilangan. Bunday sayyor qabullar bizning tumanimizda ham o’tkazilib, tashkil etilayotgan ochiq muloqotlarda tuman sektorlari rahbarlari bevosita ishtirok etmoqda.

Navobod mahallasida o’tkazilgan sayyor qabuldan so’ng bunday uchrashuv Demursad mahalla fuqarolar yig’inida ham o’tkazildi. Mazkur uchrashuv mahallaning binosida bo’lib o’tdi.

Sayyor qabulda salkam 50 nafar fuqarolar ishtirok etdilar. Jami bildirilgan 10 ta murojaatlardan 4 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan 6 ta murojaatlar tegishli tashkilotlarga o’rganish uchun yuborildi.

Sayyor qabulda asosan sel yulini tozalash va ta'mirlash, elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash, ichki yullarni qurish va ta'mirlash, tabbiy gaz, ichmlik va sug’orish suvi bilan bog’liq muammolarni tizimli hal etish va bartaraf qilish masalalarida murojaatlar kelib tushdi. 2024 yilda aholini qiynayotgan eng dolzarpb muammolar hal etilishiga oid chora-tadbirlar belgilanganligi tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan izhor etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram