BILASIZMI?
2024-01-26 17:50:30 535
Bilasizmi?
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Tegishli huquq paydo bo’lgandan keyin 1 oy ichida ko’chmas mulk davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak.
Ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko’chmas mulk obektiga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun o’z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so’m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln 10 ming so’m) miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Abdumannon Umriddinov - So’x tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram