YOSHLAR UCHUN SOG’LOM TURMUSH SHAROITLARI YARATILMOQDA
2024-01-26 17:44:42 281
Yoshlar uchun sog’lom turmush sharoitlari yaratilmoqda
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan nafar fuqarolarga So’x tumani hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markazi tomonidan yanvar oyi davomida amaliy yordamlar ko’rsatilgan. Bu haqda markaz rahbari Nishonali Ibrohimov xabar bermoqda.
Nishonali Ibrohimovning malumotiga ko’ra, Istiqlol mahallasida yashovchi fuqaro Zaylobiddin Zaylobov jazo muddatini o’tab qaytganligi sababli tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy kunikma markaziga 2024 yil 15 yanvar kuni moddiy yordam surab murojaat etgan.
Murojaat yuzasidan tuman hokimining 1 o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligida jazo muddatini utab qaytgan fuqaroning sharoiti har tomonlama o’rganish maqsadida tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma komissiya a'zolari hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida o’rganlib, fuqaro bilan so’hbat o’tkazildi.
Tuman hokimligi huzuridagi ijtimoiy ko’nikma markaziy komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining 4 barobari ya'ni 1 360 000 so’m miqdorda moddiy yordam puli hamda oziq-ovqat mahsulotlari So’x tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan fuqaroga yetkazib berildi.
Tuman bandlikka ko’maklashish markazi hamkorligida Zaylobiddin Zaylobov bandligini ta'minlash maqsadida “ Bunyod” fermer xo’jaligining 2024 yil 5 yanvar kungi № 17-sonli buyrug’i bilan ishchi xodim lavozimiga ishga joylashtirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram