DEMURSAD MAHALLASIDAGI 10-MAKTAB YANGICHA QIYOFA VA SHART-SHAROITLARGA EGA BO’LDI
2024-01-26 14:54:41 259
Demursad mahallasidagi 10-maktab yangicha qiyofa va shart-sharoitlarga ega bo’ldi
Tumanimizning Demursad mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan mazkur maktab binosi 1986-yilda 360 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, ayni paytda ancha eskirib qolgan edi. O’quvchilar soni ham oshib 764 nafarga yetib qolgandi.
Davlatimiz tomonidan ajratilgan salkam yetti milliard so’m mablag’ hisobiga ushbu eski binolar kapital ta'mirlandi, qurilish-ta'mirlash natijasida maktab tamoman yangicha qiyofa, shart-sharoitlarga ega bo’ldi hamda qo’shimcha 330 o’rinli yangi bino ham qad rostladi. Yangi binoda 14 sinf xonalari, faollar zali va ma'muriy xonalar mavjud.
Bugungi maktabning ochilish marosimida tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari, o’qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tantanali tadbirda qatnashgan Farg’ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov demursadliklarni qizg’in tabrikladi.
Barcha sharoitlari yaratilgan ta'lim maskanida olimu fuzalolar, davlat arboblari yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram