Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABULLAR - MUAMMO VA KAMCHILIKLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI

×

 2024-01-24 16:37:32    290

PDF yuklash
Chop etish


Sayyor qabullar - muammo va kamchiliklar yechimining asosiy omili

Bugun tumanimizning Oftobru mahallasidagi 2-sektor binosida aholi muammolarini o’ragnish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynayotgan muammolarda amaliy ko’mak ko’rsatishga doir sayyor qabul o’tkazildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va barcha sektorlar rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari, tuman Xalq qabulxonasi mutasaddilari va mahalla raislari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulga kelgan fuqarolar dastlab masalasiga ko’ra tegishli tashkilotlar mas'ul xodimlariga murojaat qilishdi. Murojaat tuman va tegishli tashkilot miqyosida hal etilmagan holatda bu masalani tuman hokimi o’z vakolati doirasida ko’rib chiqish va hal etilishini alohida qayd etdi.

Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, o’rtaga tashlangan masalalarni o’z o’rnida, qo’shimcha o’rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko’rish shart va zarurligini ta'kidladi. Sayyor qabulda nafaqat 2-sektor, balki 3-sektordan kelgan fuqarolar ham o’z muammolari yuzasidan murojaat etdilar.          

Sayyor qabulda jumladan, Oftobru mahalla fuqarolar yig’inidagi piyoda yo’laklarini qurish, tashkil etish va ta'mirlash, toza ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish singari murojaatlar ijobiy hal etildi. Viloyat hokimligi doirasida hal etiladigan murojaatlar ham ijro uchun tegishliligi bo’yicha mutasaddilarga yo’naltirildi.  

Bundan tashqari qabulga kelgan ijtimoiy yordamga muxtoj bulgan 5 nafar fuqarolarga tuman hokim Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan moddiy yordam ko’rsatildi. Mahallalar obodonchiligiga alohida e'tibor qaratildi va aholi ishtirokida Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida shanba kuni umumxalq hashari tashkil etiladigan bo’ldi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram