Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAR BIR AMALDA MAJBURIYAT VA MAS'ULIYATNI HIS QILIB HARAKAT QILISH LOZIM

×

 2024-01-24 16:31:17    270

PDF yuklash
Chop etish


Har bir amalda majburiyat va mas'uliyatni his qilib harakat qilish lozim

Navobod mahallasi Xirmonteppa mavzesida joylashgan ko’p qavatli uy-joylar hududida tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyev boshchiligida tashkil etgan tozalash tadbirida tuman obodonlashtirish boshqarmasi, “O’zsuvta'minot” So’x tumani bo’limi, “Toza hudud” UK ishchi-xodimlari ishtirok etishdi. Mazkur binolar hududi yuqoridagi tashkilotlar vakillari tomonidan tozalandi.     

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mazkur hududda istiqomat qiladigan aholi tomonidan uy-joylar hududining tozaligi va obodongarchiligiga mas'uliyatsizlik bilan qarash holatlari ko’p uchramoqda. Mazkur hudud atrof-muhitining iflosligi va sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etmasdan axlatlarni to’g’ri kelgan joyga tashlash holatlari odamni tashvishga soladi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan kanalizatsiya tizimidagi nososzliklarning kelib chiqishiga ham o’zimimiz sababachi bo’layotganimiz ma'lum bo’ldi. Mazkur holatlar “Farg’­ona suv ta'minot” MChJ mutasaddilari tomonidan ham o’rganildi.

Uy-joy va yashayotgan manzilimiz tozaligiga o’zimiz kamarbasta va mas'ul bo’lmasak, bunday ishlarni hech kim bizga qilib bermaydi, “holva degan bilan og’iz shirin bo’lmaydi” deganlaridek, yashayotgan maskanlarimiz obodligi va tozaligiga o’zimiz mas'ul bo’lganimizdagina muammolar va kamchiliklarga o’rin qolmaydi. Agar bildirayotgan fikrlarimiz amallarimiga mutanosib bo’lsagina, ko’zlangan marralar va orzu-niyatlarimizga albatta yetamiz.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram