Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZNING BARCHA AHOLISI DIQQATIGA! 

×

 2024-01-22 15:38:11    380

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizning barcha aholisi diqqatiga! 

 

Tumanimizning Chumoqcha, Qa'la, Tariq, Zangat maxalla fuqarolar yig’ini xududidagi ­tog’li, tog’ oldi, daryo (Obishirsoy) bo’ylari zonalarida yashaydigan axoli va xalq xo’jaligi ob'ektlariga murojaat yo’llamoqchimiz. Mazkur xududlarda (baxor, kuk-qish) mavsumida yog’ingarchilik, qor me'yordan ko’p yog’ishi, zilzilalar va texnogen omillar ta'sirida ekzogen geologik jarayonlarning faollashuviga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun:

Aholi va boshqalar tomonidan turli-xil maqsadlarda yer maydonlarini o’zvoshimchalik bilan o’zlashtirmaslik;

Tog’ va tog’ oldi hududlarida tartibsiz sug’orish ishlarini bajarmaslik hamda axoli tomonidan yonbag’irliklar relefini buzmaslik talab etiladi. 

Turli ilmiy va ilmiy — ommabop adabiyotlarda yer ko’chishi alohida yer yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlar toifasiga kirsada, lekin ular yer ichki xarakatlari, xususan zilzilalar bilan o’zviy bog’liq xolda rivojlanadi.

Dunyo bo’yicha sodir bo’layotgan yirik ko’chkilarni taxlil qilib, sababini urganar ekanmiz, ularning aksariyat qismi zilziladan so’ng yoki zilzila bilan parallel xosil bo’lishiga amin bo’lamiz.

Respublikamiz xududlarida sodir bo’layotgan yer ko’chkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bog’likdir. Shuning uchun bu jarayon mavsumiy xususiyatga ega, ya'ni atmosfera yoginlari qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik yer ko’chishi xavfi yuqori bo’ladi.

YEr ko’chishi — yer yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitatsion kuch ta'sirida surilishi, siljishiga aytiladi.

Markaziy Osiyo xududlaridagi yer ko’chishi turli shakllari va ko’lami bilan ajralib turadi. Ular less katlamlarida tarqalgan bo’lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yoginlari ma'lum chuqurlikkacha borib, suv o’tkazmas katlamda ularning umumiy okimi yonbagir bo’yicha bo’ladi. Hosil bo’lgan yuzaga siljish yuzasi deyiladi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitatsion (tortishish) kuchi ta'sir qilishi oqibatida yonbagirda tik qoya xosil qilib uzilish paydo bo’ladi va uzilgan bo’lak pastga siljiy boshlaydi, harakatdagi jinslarning xajmi bir necha un million kub/metrlarda bo’ladi.

YEr ko’chishi yonbag’irning kiyaligiga, tog jinsi tarkibiga, atmosfera yoginlari miqdoriga bog’liq xolda rivojlanadi. Yonbag’ir kiyaligi qanchalik katta bo’lsa, ko’chkining tezligi shunchalik katta bo’ladi. Ko’p xolatlarda ko’chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, chukish xodisalari bilan uygunlashib ketadi.

Ko’chki sodir bo’lganda aholining xatti –xarakatlari:

- ko’chki ko’chishi xavfi bo’lgan xududda yashovchi aholi o’z xonadoninig ko’chki ostida qolish yoki kolmasligini;

- xavfli xudud(maydon)larda yashash uchun yoki boshqa maksadlarda inshootlar xamda tuxtash joylarini ko’rish mumkin emasligini;

- maxalliy boshqaruv organlarining ko’chki ko’chishi xavfi sodir bo’lganda ko’chish va xavfsiz joylar xaqidagi ma'lumotlari xamda ko’rsatmalariga befark bulmasligini;

- ko’chki ko’chishi xavfi xaqidagi ogoxlantirishni eshitganingizdan so’ng maxalliy boshqaruv organlari tomonidan oldindan to’zilgan reja asosida xamda ularning ko’rsatmalariga binoan xavfsiz joyga xarakat qilish kerakligini;

- xonadondagi elektr energiya, gaz va suv ta'minoti tizimlarini berkitish kerakligini.

Ko’chki sodir bo’lgandan keyin bajarilishi kerak bo’lgan tadbirlar quyidagilar:

- yashash joyingizni yaxshilab ko’zatib chiking, unda xonadoningizning (devorlar, deraza va eshiklarning) xolatiga, gaz, suv va elektr energiya ta'minoti tarmoqlarining sozligiga ahamiyat berish;

- mustaxkamligi shubxali bo’lgan xonadon ichida qolish xayot uchun xavflidir;

- katta moddiy zarar yetganda yordam surab maxalliy bosh­ karuv organlariga murojaat etish kerak.

Ko’chki ko’chish xavfi bo’lgan xududlarda yashayotgan xar bir

fuqaro quyidagilarni bajarishga majbur:

- maxalliy boshqaruv organi tomonidan qo’yilgan mas'ul shaxsning ko’rsatmasini, ogoxlantirish tadbirlarini qatiy bajarishi;

- ko’chki ko’chganda, uning oqibatlarini bartaraf etishda aktiv qatnashishi;

- ko’chki va surilmalarni rivojlanishidan xabar topgan kishi darhol maxalliy boshqaruv organlarini ogoxlantirishi;

- maxalliy boshqaruv organlari esa o’z vaqtida ko’chki xavfi ostida kolgan axolini tezda ko’chirish choralarini ko’rishi;

- xavfli xudud(maydon)larga belgi kuyish va ko’zatuv xizmati xodimlarini xavfni baholash uchun chaqirtirish kerak.

                  Favqulodda holatlarda qo’yidagi telefon raqamlariga murojaat eting:

101  yoki + 998 73 462 56 05

So’x tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram