Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 135 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OTA-ONALAR ISHTIROKIDA O’TKAZILGAN TADBIRDA MAKTABDAGI JARAYONLAR MUHOKAMA ETILDI

×

 2024-01-22 15:36:59    337

PDF yuklash
Chop etish


Ota-onalar ishtirokida o’tkazilgan tadbirda maktabdagi jarayonlar muhokama etildi


Rovon mahallasida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabida kengaytirilgan ota-onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda maktab o’quvchilarning axloq-odoblari va bilim darajalarini yaxshilash, maktab, mahalla va oila hamkorligini yanada mustahkamlash masalasi muhokama etildi.


Tadbirda so’z olganlar Respublikamizda maktab tizimiga berilayotgan e'tibor haqida to’xtalib, bo’layotgan yangilanish va o’zgarishlardan So’xlik talaba yoshlar ham bevosita foydalanayotgani, islohotlar samarasidan bahramand bo’lyyotganliklari haqida gapirib o’tdilar. Qilinayotgan barcha o’zgarishlar barkamol avlod kelajagiga qaratilgani ta'kidlandi.  


Tadbirda ota-onalarga nisbatan farzandlari tarbiyasiga befarq bo’lmasliklari, ularning odob-axloqlarini qattiq nazoratga olishlari alohida ta'kidlandi. Mahalla xotin-qizlar faoli Dilafro’z Sherovaning so’zlariga ko’ra, tadbirda talabalarning darslarni qoldirishlari va dars mashg’ulotlariga befarq bo’lishlariga birgina sabab uyali aloqa vositalari ekanligi to’g’risida alohida to’xtalib o’tildi va tadbir ishtirokchilari tomonidan dars mashg’ulotlariga uyali aloqa vositalarini olib kelmasliklarini qattiq nazoratga olish shart va zarurligi alohida ta'kidlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram