Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLARNING MUVOFIQLASHTIRUVCHI KENGASH YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

×

 2024-01-20 15:17:51    445

PDF yuklash
Chop etish


Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi


So’x tumani hokimligining majlislar zalida o’tkazilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengash yig’ilishida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va sektor rahbarlari, barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tuman ichki ishlar bo’limi xodimlari, mavjud 27 ta mahalla fuqarolar yig’inlarning raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etishdi.


Mazkur Kengash yig’ilishida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda ularning barvaqt oldini olish borasida 2023 yil davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda yig’ilish yakuni bo’yicha ushbu sohada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Tadbirda so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman prokurori o’rinbosari Olimjon Do’stovlar tumanda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan ishlarni 2024 yilda yanada kuchaytirishga doir fikrlarni izhor etdilar.

 

Tadbirda 2023 yil davomida mahallalarida jinoyatchilik bo’lmagan G’aznov, Sohibkor, Lenbur, Saribozorcha, Qal'a, Hushyor va Guliston mahalla fuqarolar yig’inlari raislariga qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram