Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARZAND KAMOLINI KO’RISH HAR BIR OTA-ONA UCHUN BU YORUG’ OLAMDA ENG KATTA VA YUKSAK BAXTDIR!

×

 2024-01-18 15:10:12    440

PDF yuklash
Chop etish


Farzand kamolini ko’rish har bir ota-ona uchun bu yorug’ olamda eng katta va yuksak BAXTDIR!

Farzandim Hikmatulloni fan doktori unvoni olganligini eshitib, avvalida sal tushunmay qoldim. Axir, mening farzandim o’qituvchi bo’lsa, qanaqasiga u doktor bo’lishi mumkin? Fikrlarimni o’qigan qizim Nargizaxon: - oyijon, doktor bu do’xtir degani emas, bu ilmiy unvon, bu unvonga hamma ham loyiq bo’lavermaydi. Farzandingiz filologiya fanlari doktori, professor bo’ldi, deb tushuntirgach, haa, Hikmatullo til va adabiyotda do’xtir, ya'ni mahoratli mutaxassis bo’lib yetganini angladim.

Ona uchun eng katta sovg’a nima deb so’rashganda, men eng avvalo, ona uchun farzandlari kamolini ko’rish, ularning muvaffaqiyatiga sherik bo’lish buyuk baxt deb aytgan bo’lar edim. Men mana shunday baxtli onalardan biri ekanligimdan faxrlanaman.

Zotan, inson farzandlarini oq yuvib, oq tarab, ming orzu niyatlar bilan tarbiyalaydi, o’stiradi. Agar insonning orzu-istak va niyatlari farzandlari siymosida amalga oshsa, bilningki, u insonning armoni yo’q!

4 nafar farzandim bor – shukr. Barchasini kamolini ko’rish menga nasib etgan. Qizim – Nargizaxon mahallada xotin-qizlar faoli bo’lib ishlaydi. Buni qarangki, Nargizam ham Yurtboshimiz nazari tushgan ayollardan. Halol mehnati tufayli 2022 yili “Spark” avtomashinasini sovg’a qilishdi. Xursandchilik qo’shaloq keladi deganlari shu bo’lsa kerak. Qizim 2022 yilda avtomashina sovg’a oldi, Hikmatullo bo’lsa, 2023 yilning avvalida doktorlik unvoniga ega bo’ldi.

Yangi 2024 yil ham eng quvonchli xabar bilan bizning oila uchun boshlandi. Katta o’g’lim Qobiljon Do’stmatov uchun harbiylik unvonini tiklab berishdi. Quvonchim dunyoga sig’mas edi. Demak, halol mehnat va tinmay qilgan say-harakat o’zining mevasini berar ekan. Darvoqe, Qobiljonimga 10 yildan ortiqroq davri uchun mehnat haqini ham berishadigan bo’lishdi.

Davlatimizda adolat ustuvor, qonun mustahkam ekanligidan juda quvondim va xursandchiligim ichimga sig’madi. Men – Saboxon Do’stmatova O’zbekistonning eng baxtli onalaridan biriman. Chunki mening farzandlarim meni shu baxtga muyassar etishdi. Ularga rahmat!

Aziz vatandosh! Tarbiya o’chog’i oiladir. Farzandlaringizni hurmat, izzat, mehribonlik, odamiylik xislatlari ruhida tarbiyalang. Ular ulg’ayib, Siz bergan tarbiyaga aslo xiyonat qilishmaydi. Sizlarga ham ulug’ martabali, yuksak unvonli farzandlar nasib etsin. Farzand kamolini ko’rish har bir ota-ona uchun bu yorug’ olamda eng katta va yuksak BAXTDIR!

Saboxon Do’stmatova – Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini fuqarosi






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram