Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBOD MAHALLASI AHOLISI ISLOHOTLAR SAMARASIDAN MAMNUN

×

 2024-01-17 15:16:02    451

PDF yuklash
Chop etish


Navobod mahallasi aholisi islohotlar samarasidan mamnun

Aytish lozimki, tumanimizda azaliy muammo bo’lgan ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar bosqichma bosqich hal etilayotir. Buni olib borilayotgan amaliy ishlardan ham ko’rishimiz mumkin.

Ayni kunda Navobod mahalla fuqarolar yig’inida ayniqsa, ushbu yo’nalishdagi ishlar jadallik kasb etgan. Soha mutasaddilari va mutaxassislar mahalla ahli bilan birgalikda ushbu muammo yechimi ustida ishlamoqda.

Mahalla raisi Zayliddin Gadoyboyevning so’zlariga ko’ra, o’tgan yili Navobod mahalla aholisi uchun dolzarb muammo bo’lib kelayotgan aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi o’zining ijobiy yechimini topdi. - Hozirgi kunda mahallamiz aholisi toza ichimlik suvi bilan qisman,  ya'ni 85 foizga ta'minlandi va Navobodliklarning azaliy orzusi amalga oshdi,- deydi mahalla raisi o’z so’zlarida.

- Shu bilan birga, tuman hokimi Saidbhrom Sayidmusayev sayi-harakatlari bilan bizning Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 4 kilometr ichki yullar davlat dasturiga kritilib, asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilib, barcha ishlar oxiriga yetkazildi. Ishonamizki, suv sohasi mutaxassislari tomonidan sohadagi muammolar yechilib, mazkur mahalla aholisi ham islohotlar samarasidan bahramand bo’ladilar va ayni kunda ichimlik suvi tortish ishlari hamjihatlikda olib borilayotir, - dedi so’zlarini yakunlab mahalla raisi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram