Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUNOSABAT

×

 2024-01-16 15:29:58    423

PDF yuklash
Chop etish


Munosabat

Tolibjon Ibragimov “Guliston ” mahalla fuqarolar yig’ini raisi:

— Tuman konferentsiyasi amaliy muloqotlar, tajriba almashish, dunyoqarashimizni yanada boyitish imkonini berdi.

Mahalla institutini takomillashtirish orqali aholi farovonligini yanada oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Biroq ishsiz yurgan, pul topish ilinjida xorijga ketayotgan fuqarolar, ehtiyojmand va kambag’al oilalar bilan ishlash tizimli yo’lga qo’yilmagandi. Shu bois hokim yordamchisi lavozimi joriy etilgani muammolarga yechim topishda ayni muddao bo’ldi. O’tgan davr ichida mahallalarda kambag’al oilalar ro’yxati shakllantirilib, ularga moddiy va ma'naviy ko’mak ko’rsatildi. E'tiborlisi, bunda ishlab chiqilgan aniq reja asosida kredit va subsidiya ajratildi. Yangi ish o’rinlari yaratilishi hisobiga mehnat migrantlari soni kamaydi.

Konferentsiyada ma'naviyat sohasidagi tahdidlar, buning oldini olishda mahalla raislarining vazifalariga ham to’xtalib o’tildi. Keksa otaxon va onaxonlar, faol nuroniylar, ko’cha va uy boshliqlari, jamoatchilik asosida ish yurituvchi komissiya a'zolari, imom-xatib, otinoyilar fidoyiligi mahalladagi ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda katta ahamiyatga egaligi uqtirildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram